Toshkent · Milliy naqshli yog‘och taqinchoqlar qutisi
Qo‘lda o‘yilgan va miniatyura bilan bezatilgan yong‘oq yog‘ochidan taqinchoq quti
Yong'oq yog'ochi, Tabiy ranglar toshdan olingan · 15 × 15 × 7.4 cm
Toshkent · Milliy naqshli yog‘och taqinchoqlar qutisi
2 500 000so'm
≈ $209 · €190 · £159
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Ushbu nafis yog‘och shkatulka an’anaviy o‘zbek yog‘och o‘ymakorligi san’atining go‘zal namunasidir. Shkatulkaning qopqog‘i va yon tomonlari qo‘lda o‘yilgan gul, barg, islimiy naqshlar hamda turli o‘lchamdagi doirasimon bezaklar bilan bezatilgan.
Hajmli o‘ymakorlik va geometrik naqshlarning uyg‘unligi buyumga o‘ziga xos badiiy ko‘rinish bag‘ishlaydi. Yog‘ochning tabiiy rangi va tuzilishi esa uning nafisligini yanada ta’kidlaydi.
Shkatulkaning ichki qismi taqinchoqlar, esdalik buyumlari va kichik shaxsiy narsalarni saqlash uchun qulay. Metall ilgak qopqoqni yopib turishga xizmat qiladi.
Ushbu shkatulka nafaqat kundalik foydalanish uchun, balki interyer bezagi va milliy hunarmandchilikni qadrlovchilar uchun esda qolarli sovg‘a sifatida ham ajoyib tanlovdir.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.