Art of Orient

Toshkent · Pichoqlar

Damask po‘latidan yasalgan milliy pichoq — qo‘lda o‘yilgan yong‘oq yog‘ochi qutisi bilan

8 900 000so'm

≈ $743 · €676 · £565

Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.

Damaskus pichoqlari — o‘zbek hunarmandchiligi, nafis did va ustalikning yorqin namunasi. Ular o‘zining betakror po‘lat naqshlari, mustahkamligi va estetik ko‘rinishi bilan alohida qadrlanadi. Art of Orient kolleksiyasidagi Damaskus pichoqlari O‘zbekistonda tayyorlanadi va ayrim modellar maxsus futlyar bilan taqdim etiladi. Futlyar yong‘oq daraxti yog‘ochidan ishlanib, qo‘lda o‘ymakorlik bilan bezatilgan. Pichoqda ham, futlyarning ichki qismida ham charm qo‘llanilishi mahsulotga yanada hashamatli va premium ko‘rinish beradi. Ushbu pichoqlar milliy sovg‘a, esdalik va shaxsiy kolleksiya uchun munosib tanlovdir.

Material
Damask po‘lati, yong‘oq daraxti yog‘ochi, charm, qo‘lda o‘yilgan naqshlar.
O'lcham
44 × 16 × 10 cm
Yasalgan joyi
Toshkent
Usta
Fayoz Nasriddinov
Yil
2025
Mavjudligi
4 ta mavjud
Shu buyum haqida so'rash

Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.

Miniatyura yoki boshqa asarni o'z g'oyangiz bo'yicha buyurtma qiling: ustalarimiz uni siz uchun yaratadi.

Shunga o'xshashini buyurtma qilish →