Toshkent · Milliy naqshli yog‘och taqinchoqlar qutisi
Qo'lda Bo'yalgan Yog'och Quti
Yong'oq yog'ochi, Tabiy ranglar toshdan olingan · 15 x 7,2 cm · 291 g
Toshkent · Milliy naqshli yog‘och taqinchoqlar qutisi
1 800 000so'm
≈ $150 · €135 · £113
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Ushbu nafis taqinchoqlar qutisi tabiiy yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan bo‘lib, o‘zbek milliy hunarmandchiligining go‘zalligi va nafisligini o‘zida mujassam etadi.
Qutining har bir gul naqshi mohir ustalar tomonidan to‘liq qo‘lda o‘yib ishlangan. Qopqoq markazidagi anor va behi tasvirlari ham qo‘lda bo‘yalgan. Sharq madaniyatida anor mo‘l-ko‘llik, baraka va farovonlik ramzi hisoblanadi.
Qutining ichki qismi yumshoq qizil mato bilan qoplangan bo‘lib, taqinchoqlar, qimmatbaho aksessuarlar va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
An’anaviy yog‘och o‘ymakorligi, badiiy bo‘yoqlar va tabiiy materiallar uyg‘unlashgan ushbu quti nafaqat kundalik foydalanish uchun qulay buyum, balki milliy bezak san’atining betakror namunasidir. U yaqinlar uchun nafis sovg‘a va O‘zbekistonning boy hunarmandchilik merosini aks ettiruvchi esdalik buyumi bo‘la oladi.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.